Buyuklar ibrati

Albert Eynshteyn

   Bu ko‘hna dunyoda shunday buyuk insonlar yashab o‘tdilarki, ularning favqulodda noyob, o‘ziga xos aql-zakovat va f’el atvorlari zamondoshlarining hayrat va hurmatiga sazovor bo‘lgan….

    Bir kuni oqilu-dono professor talabalardan biriga qiziqarli savol berdi.

    Professor: Yaratguvchi (olloh) yaxshimi?

    Talaba: Ha.

    Professor: Shayton yaxshimi?

    Talaba: Yo‘q.

    Professor: To‘g‘ri. O‘g‘lim menga aytingchi bu dunyoda yomonlik mavjudmi?

    Talaba: Ha.

    Professor: Yomonlik hamma joyda mavjud, shundaymi? Yaratguvchining barcha ishlari to‘g‘ri, shundaymi?

    Talaba: Albatta.

    Professor: U holda yomonlikni kim yaratgan?

    Talaba:

    Professor: Bu dunyoda axloqsizlik, kasalliklar, jaholat bormi? Bularning barchasi bor, to‘g‘rimi?

    Talaba: To‘g‘ri, janob professor.

    Professor: U holda ularni kim yaratgan?

    Talaba:

    Professor: Ilm-fan uqtiradiki, bizni qarshab turgan borliqni tadqiq qilish uchun insonga beshta hissiyot berilgan. O‘g‘lim siz menga aytingchi, umringiz davomida biron marta Yaratguvchini ko‘rganimisiz?

    Talaba: Yo‘q, janob professor.

    Professor: Endi bizga aytingchi Yaratguvchining ovozini eshitganmisan?

    Talaba: Yo‘q, janob professor.

    Professor: Siz biron marta xuddi sovuqni, og‘riqni, ochlikni yoki issiqni his qilgandak Yaratguvchining taftini his qilganmisiz? Uning ta’mini totganmisiz? Uning hidini hidlaganmisiz?

    Talaba: Yo‘q, bunday bo‘lmagan, janob professor.

    Professor: Siz hali ham Yaratguvchiga ishonayapsizmi?

    Talaba: Albatta.

    Professor: Olingan xulosalar asosida ilm-fan, Yaratguvchi mavjud emas deb tasdiqlashi mumkin. Siz bunga qarshi birorta dalil, isbot keltira olasizmi?

    Talaba: Yo‘q, janob professor. Menda faqatgina ishonch bor.

    Professor: Ha balli. Aynan ishonch – fanning bosh muammosi hisoblanadi.

    Talaba: Janob professor, mening ham sizga bir savolim bor, mumkinmi?

    Professor: Marhamat.

    Talaba: Sovuq mavjudmi?

    Professor: Bu qanday savol bo‘ldi? Albatta mavjud. Siz hech qachon sovqotmaganmisiz?

    (Talabalar bunday savol uchun talabaning ustidan kulishdi).

    Talaba: Janob professor, aslida sovuq mavjud emas. Fizika qonunlariga ko‘ra issiqlik mavjud bo‘lmagan holatni biz sovuq deb ataymiz. Odam yoki predmetni uning boshqa predmetga nisbatan energiyaga egaligi yoki energiya uzatishiga qarab o‘rganish mumkin. Absolyut nol (Farengeyt bo‘yicha -460 gradus) bu issiqlikning batomom yo‘qligini (mavjud emasligini) bildiradi. Ushbu haroratda barcha materiya inert holatiga o‘tadi va ta’sirga layoqatsiz bo‘lib qoladi. Demak sovuq mavjud emas. Biz bu so‘zni issiqlik mavjud bo‘lmaganda his qiladigan holatimizni tushuntirish uchun o‘ylab topganmiz (auditoriyaga sukunat cho‘kdi).

    Talaba: Janob professor, qorong‘ilik mavjudmi?

    Professor: Albatta mavjud. Tun qorong‘ilik bo‘lmay nima?

    Talaba: Siz yana nohaqsiz janob professor. Qorong‘ilik ham aslida mavjud emas. Qorong‘ilik bu aslida yorug‘likning yo‘qligi. Chunki biz yorug‘likni o‘rgana olishimiz mumkin, aksincha qorong‘ilikni emas. Biz Nyuton prizmasidan foydalanib oppoq yorug‘likni ko‘plab ranglarga ajratishimiz va har bir rangning turlicha to‘lqin uzunliklarini o‘lchashimiz mumkin. Lekin siz qorong‘ilikni o‘lchay olmaysiz. Yorug‘likning kichkinagina shu’lasi (yog‘dusi), qorong‘ilik olamiga yorib kirishi va uni charog‘on qilishi mumkin. Qandaydir makonning qay darajada qorong‘i ekanligini qanday bilishingiz mumkin? Siz qancha miqdorda yorug‘lik borligini o‘lchab bilib olasiz. Shunday emasmi? Qorong‘ilik bu, yorug‘lik mavjud bo‘lmagan holatda nima ro‘y berayotganligini tushuntirish maqsadida inson foydalanadigan tushuncha. Endi esa janob professor menga aytingchi, o‘lim mavjudmi?

    Professor: Albatta. Hayot borki, uning teskari tomoni — o‘lim bor.

    Talaba: Siz yana adashdingiz janob professor. O‘lim bu hayotning teskarisi emas, balki uning mavjud emasligidir. Sizning ilmiy nazariyangizda jiddiy kamchiliklar mavjud.

    Professor: Siz nima demoqchisiz yosh do‘stim?

    Talaba: Janob professor, siz bizga, barchamiz maymundan odamga aylanganmiz deb o‘qitasiz. Siz ushbu jarayonni o‘z ko‘zingiz bilan kuzatganmisiz?

    Professor gap nimaga qarab ketayotganligini tushunib, jilmayganicha boshini chayqadi.

    Talaba: Bu jarayonni hech kim ko‘rmagan. Mening fikrimcha, demak siz olim emas, katta ehtimollik bilan ruhoniysiz (Auditoriya kulgudan larzaga keldi).

    Talaba: Hurmatli talabalar orangizda professorning miyasini ko‘rganlar bormi? Uni eshitganlar, hidlaganlar, uni paypaslab ko‘rganlar bormi? (Talabalar kulgusini to‘xtata olmadilar).

    Talaba: Nazarimda hech kim bunday baxtga musharraf bo‘lmagan. U holda ilmiy faktlarga asoslanib, xulosa qilish mumkinki, hurmatli professorning miyasi mavjud emas. Janob professor sizga bo‘lgan chuqur hurmatimni izhor qilgan holda so‘raymanki, sizning ma’ruzalaringizda aytganlaringizga qanday ishonsak bo‘ladi? (Auditoriga sukunat cho‘kdi).

    Professor: O‘ylashimcha, siz menga shunchaki ishonishingizga to‘g‘ri keladi.

    Talaba: Xuddi shunday! Yaratguvchi bilan ison o‘rtasida ham birgina aloqa mavjud, u ham bo‘lsa ISHONCH!

    Professor o‘tirib qoldi.

    Bu talaba, Albert Eynshteyn edi.

     Муаллиф: ©usm.uz

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *