Olmoslar yuqori bosim ostida hosil bo’ladi (Diamonds are formed under high pressure)

Olmos

 

    Bir kuni yosh ayol otasining oldiga kelib, g‘amginlik bilan debdi:

    – Ota men barchasidan charchadim, mening ishimda ham, shaxsiy hayotimda ham muammolarim ko‘payib ketdi va bu uzluksiz davom etayapti. Ularni yengishga mening kuchim yetmayapti, nima qilishni ham bilmayman. Iltimos yordam bering, ularni qanday bartaraf qilay?

    Ota shunday javob beribdi:

    – Kel yaxshisi senga ko‘rsataman.

    U uchta idishga suv solib, sabzi, tuxum va qahva keltiribdi va har birini alohida idishlardagi suvga solib qaynatibdi. Bir muncha vaqtdan so‘ng olovni o‘chirib qizidan so‘rabdi:

   – Ularga nima bo‘ldi?

   – Sabzi va tuxum qaynab pishdi, qahva esa erib ketdi, — javob berdi qiz.

   – Juda to‘g‘ri, – javob qildi ota, – ammo biz bu holatga boshqa tomondan qarasak, sabzi qaynagandan so‘ng yumshoq va muloyim bo‘ldi. Tuxum qaynamasdan oldin nozik, mo‘rt va zaif edi, endi u qattiq holga keldi. Ularning tashqi ko‘rinishlari avvalgi holicha qoldi, lekin ular bir xil ziddiyat, ya’ni qaynash tufayli ichki tomondan o‘zgardilar. Odamlar bilan ham xuddi shunday – ko‘rinishidan kuchli va baqquvat odamlar qiyinchiliklar tufayli o‘zgarib kuchsiz va bo‘sh odamga aylanishi, nozik, yumshoq odamlar esa aksincha pishiq va mustaham bo‘lishi mumkin. Demak qiyinchilik kimnidir egadi, kimnidir esa toblaydi.

    – Qahvachi? – hayron bo‘lib so‘radi qiz.

    – Qahva ziddiyatli muhitda erib ketdi va muhitning o‘zini o‘zgartirdi – qaynagan suvni ajoyib, xushbo‘y ichimlikka aylantirdi. Shunday insonlar borki, hech qanday qiyinchiliklar, og‘ir vaziyatlar ularni yenga olmaydi – bunday insonlar vaziyatning o‘zini o‘zgartiradilar va uni favqulodda yangi narsaga aylantirib, undan o‘zlariga yangi bilim va manfaat oladilar. Qiyin vaziyatlardan qanday chiqish va kim bo‘lish – bu har birimizning o‘z tanlovimizdir.

    Aziz farzandim, biz hayotda engilning ostidan, og‘irning ustidan o‘tishga intilamiz, ammo bilib qo‘y chinorlarni kuchli shamollar baquvvat qiladi, olmoslar esa faqat og‘ir bosim tufayligina hosil bo‘ladi.

     Muallif: ©usm.uz

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *