Energiya almashinuvi bo’lgan joydagina hayot mavjuddir

intelligence

    Nimagadir ega bo’lmoq uchun, avvalo nimadir bera olish zarur” degan iborani eshitganmisiz. Bu borliqdagi energiya almashinuvining asosiy qonuni bo’lib, unga ko’ra “almashinuv bo’lgan joydagina hayot mavjuddir”. Ya`ni, boy-badavlat bolish uchun, avvalo boshqa birovning badavlat bolishiga yordam bermoq zarur.

    Sevikli bo’lish uchun, avvalo siz o’zingiz kimnidir chin yurakdan sevishingiz zarur bo’ladi. Sog’lom bo’lish uchun esa tanangizga sog’lom hayot tarzini bera olishingiz (jismoniy mashqlar, taom, uyqu, kun tartibi va hakazo) kerak. Qayerdaki almashinuv mavjud bo’lsa, o’sha yerda hayot bor. Aynan ushbu sabab tufayli badavlat kishilar, boyligining bir qismini xayriyaga sarflaydilar.

    Hayotingiz farovon, ishlaringiz bardavom bo’lishida marhamatlilik muhim ahamiyatga ega. Agar siz boshqalarga marhamatlilikni va sovg’alar ulashishni hayotiy zaruratga aylantira olsangiz, ular ham sizga shu tarzda javob qaytaradilar. Bu yerda gap qandaydir qimmatbaho buyumlar haqida ketayotgani yo’q, aksincha bu, qiyin vaziyatlarda kimgadir aytiladigan mehrli so’zlar yoki oqilona, beg’araz maslahat bo’lish mumkin. Siz notanish kimsaga yoqimli jilmayish hadya qilishingiz yoki qandaydir murakkab bo’lmagan ishda ko’mak berishingiz mumkin. Kimgadir yordami tegishi mumkin bo’lgan insonlarning telefon raqamlarini yoki manzillarini berishingiz mumkin.

    Tanishingizni xavotirga solayotgan, uni bezovta qilayotgan juda ko’plab savollariga javob beruvchi kerakli kitobni sovg’a qiling. Boshqa bir insonga yordam berishi mumkin bo’lgan har qanday narsa, hadya bolishi mumkin. Zero bunday hadya narxu-navosining hech qanday ahamiyat yo’q, muhimi u qay niyatda tortiq etilgani muhimdir.

    Juda ko’plab holatlarda “Shukronalik” haqida gap ketganida uni diniy odatlar bilan bog’laydilar. Mening nazarimda shukronalik bu bizni qurshab turgan borliqqa nisbatan ijobiy munosabatimizdir. Agar sizni qurshab turgan baxt va iliqlikni ko’ra olsangiz, yaratguvchi sizning bu ishonchingizn qo’llaydi. O’z navbatida boshqalar ham atrofidagi insonlarga ijobiy energiyani uzatish orqali sizning davrangizda yoqimli tuygularni his qiladi. Aynan o’zingiz istiqomat qilayotgan olamga bo’lgan ijobiy munosabatingiz sizning hayotingizga xuddi shunday ijobiy insonlarni, vaziyatlarni va voqealarni jalb qiladi.

    Demak energiyalar almashinuvi bu butun koinotning, mavjudligi qonuni. Agar tanangzda ichki almashinuv va tashqi muhit bilan almashinuv jarayonlari to’xtar ekan u o’limga mahkum. Ruhiyatingiz ham aynan almashinuv tufayligina yuksalib boradi va takmillashadi. Siz o’zingizga kerak bo’lgan narsani tashqi dunyo bilan almashinish orqaligina ularning yana siz tomon qaytish yo’lini ochasiz.

    Muallif: ©usm.uz

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *