Imon

    Yaratguvchi nima uchun sizni muayyan insonlar bilan uchrashtiradi, so‘ngra esa ularni qaytarib olishi haqida mulohazalar.

 Imon    Ba’zan kimgadir nimadir his qilasiz-u ammo buni tushuntirib berish qiyin bo‘ladi. Nega shunday? Nima uchun sizga butunlay notanish inson bilan uchrashgan chog‘ingizda, to‘satdan qandaydir yaqinlikni his qilasiz?

       Mening nazarimda Yaratguvchi ataylab bizning yo‘llarimizni muayyan odamlar bilan bog‘laydi, negaki ular hayotimizning ayni shu pallasi uchun zarur bo‘ladilar. Bu odamlar bizning hayotimizga kirib kelish barobarida, yashash haqida va o‘zimiz haqimizda muhim saboq beradilar.

    Bizni muayyan odamlarga tortib turuvchi sabablar albatta mavjud. O‘tgan hayotimga nazar solib aytishim mumkinki, menga yashashni o‘rgatgan va mening hayotimda muhim rol o‘ynagan juda ko‘plab insonlar bo‘ldilar.

    Taqdirning hukmi va uning zaharxandaligi shundaki, bu insonlarning ko‘pchiligi muvaqqat edilar, chunki ularning maqsadlari menga boshqa yo‘lni ko‘rsatish, so‘ngra esa meni o‘z holimga qo‘yish bo‘lgan va ular mening hayot yo‘llarimdan uzoqlarda qolib ketdilar.

    Ba’zan sizning hayot tarzingiz, qanday odamlarni o‘zingizga jalb qilishingizni aniqlab beradi va mening nazarimda Imonning mo‘jizaviy kuchi, ohanrabosi ham shunda bo‘lsa kerakki, Yaratguvchi muayyan vaqtda aynan sizga zarur bo‘lgan odamni yo‘lingizga ro‘para qiladi, siz izlayotgan javoblarni ushbu odamlar orqali yuboradi. Buyuk tafakkur egasi, sizdagi barcha yaxshi narsalarni yuzaga chiqaruvchi kishilarni sizga yaqinlashtirish orqali, sizni ma’rifatli qila boradi.

    Ba’zan biz ushbu muvaqqat kishilarni hayotimizda doimo qolishlari, biz bilan doim bo‘lishlari uchun harakat qilamiz, biroq bu ularning ixtiyorida bo‘lmaydi. Ular bizning hayotimizda doimo qolishlari kerak emas. Yaratguvchi ularning vaqtinchalik vazifalarini belgilab bergan va bu vazifa biz bilan doimo qoluvchilar uchun bizni mukarram qilishdir.

    Muammo shundaki, bu odamlar hayotimizni tark etganlarida biz qayg‘uga botamiz, chunki biz ularni qo‘yib yuborishga o‘rganmaganmiz. Biz uchun shunchalik qadrli bo‘lgan, bizning dardlarimizga malham bo‘lganlar nima uchun bizni tark etayotganlarini tushuna olmaymiz. Biroq chuquriroq o‘ylab ko‘rilsa, agar bu odamlar sizning hayotingizda qolsalar, ularning ko‘rki xiralasha boradi, ularning muhabbatlari esa barham topadi, endi ular avvalgidek ruhlantiruvchi bo‘lmay qoladi va ular biz uchun ortiqcha daxmazaga aylanadilar va biz ularga chidashga majbur bo‘lamiz.

    Biz ularni qo‘yib yuborishga ko‘nishimiz uchun Imon zarur. Bu, ushbu taqdirni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishga bo‘lgan Imon. Agar bu holatlarda nimadir qayta takrorlansa yoki nimadir o‘zgarsa baxtli yakun bo‘lmaydi, aksincha barchasi izdan chiqib ketadi. Balki bu odamlar sizga saboq berish, sizni asrash, sizni avvalgidan ko‘ra yanada afzalroq qilish uchun sizga yuborilgan farishtalardir, balki vaqti soati etib ular ortga qaytib ketgandirlar. Balki ular yana kimnigdir hayotini yaxshilash, kimnidir asrashlari kerakdir!?

    Ehtimol bu odamlar sizni kimnidir hayotingizdan chiqarishga, hayotingizning muayyan qismi yakuniga etganini anglab etishga va sizning istiqbolingizga boshqa odam kelishiga ishonishga o‘rgatishar. Ehtimol, hatto siz buni hali bilmasangizda, siz uchratadigan inson, aynan siz uchun zarurdir!?

    Muallif: ©usm.uz  

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *