O‘zlariga achinish, hamdardlik istovchi odamlar eng xavfli kimsalardir

Windows+F after

    Jon taslim qilishga chog‘lanayotgan ayolning tepasiga o‘lim farishtasi Azroil tashrif buyurdi, Azroilni ko‘rgan ayol jilmayib qo‘ydi va tayyorligini bildirdi.

    — Sen nimaga tayyorsan? – so‘radi farishta.

    — Xudo mening jonimni olishiga, uning jannatiga tushishga roziman! — javob berdi ayol.

    — Xudo seni o‘z jannatiga olishini sen qayerdan bilasan? – so‘radi farishta.

    Nega olmas ekan? Axir men butun umrim bo‘yi azob chekdim, endi huzur-halovatga va Xudoning marhamatiga loyiqman – javob berdi ayol.

     — Sen aynan nimadan azob chekding? – so‘radi farishta.

    — Bolalik chog‘imda ota-onam meni doim nohaq jazolashgan. Ular meni og‘ir gunoh qilgandek, do‘pposlashgan, burchakka turg‘azib qo‘yishgan, o‘shqirishgan. Maktabga borganimda esa sinfdoshlarim ham ustimdan kulishgan, do‘pposlashgan va xo‘rlashgan.

    Turmushga chiqdim, erim aroqxo‘r va menga xiyonat qilar edi. Farzandlarim tinka-madorimni quritishgan, oxir-oqibat meni butunlay qarovsiz qoldirishdi. Ishlagan paytlarimda boshlig‘im doim menga baqirgan, maoshimni berishni kechiktirib, dam olish kunlari ham ishlashga majburlagan, buning ustiga oxir-oqibat maoshimni bermasdan meni butunlay ishdan haydagan. Qo‘shnilarim ortimdan haqoratlashgan, go‘yoki meni suyuqoyoq ayol deb g‘iybat qilishgan. Buning ustiga menga bir bor talonchi hujum qilgan, sumkamni o‘g‘irlab, o‘zimni zo‘rlagan.

    — Hayoting davomida qanday yaxshi ishlar qilgansan? – so‘radi farishta.

   — Men barchaga marhamatli bo‘ldim, doim ibodat qildim, hammaga g‘amxo‘rlik qildim. Hech kimga yomonlik qilmadim. Men bu dunyoda shunchalik ko‘p jabr-sitam ko‘rdimki, jannatga tushishga arziyman deb o‘ylayman…

    — Yaxshi… – dedi farishta – men seni tushundim. Faqat kichkina rasmiyatchilik qoldi. Mana bu shartnomaga imzo chekasan va to‘g‘ri jannatga borasan.

    Farishta ayolga bir parcha qog‘ozni uzatdi. Ayol qog‘ozga razm soldi va farishtaga yuzlandi, hafsalasi pir bo‘lib, bo‘shashib ketdi va zo‘rg‘a, titragan ovozda bunday qila olmasligini bildirdi. Qog‘ozga:”Men barcha zulmkorlarimni kechirdim va men kimga ozor bergan bo‘lsam barchasidan kechirim so‘rayman”.

    — Nega sen ularning barchasini kechira olmaysan va ulardan kechirim so‘ramaysan? – so‘radi farishta.

  — Chunki ular mening avf etishimga arzimaydilar, ular bunga sazovor emaslar, agar men ularni kechirsam, hech narsa bo‘lmagan bo‘ladi, bu degani, ular qilgan gunohlari va qilmishlari uchun javobgar bo‘lmaydilar, jazosiz qoladilar. Menga kelsak hech kimdan kechirim so‘rashim shart emas… Men umrim davomida hech kimga, hech qachon yomonlik qilgan emasman!

   — Ishonching komilmi? – so‘radi farishta.

— Mutlaqo!

    — Seni shunchalar xo‘rlagan, jabr-sitam qilganlarga nisbatan nimalarni his qilayapsan? – so‘radi farishta.

    — Men ularga nisbatan nafrat, qahr-g‘azab, ranj-alamni his qilayapman! Menga nisbatan shuncha yovuzlik qilgan odamlarni unutishim va xotiramdan o‘chirib yuborishim,  bu nohaqlik!

    — Agar sen ularni avf etsang va ularga nisbatan nafrat, qahr-g‘azab, ranj-alamni his qilmasang nima bo‘ladi? – so‘radi farishta.

    Ayol bir oz sarosimalanib, o‘ylanib qoldi va ichida bo‘shliq paydo bo‘lishini aytdi!

    — Aslida sen bu bo‘shliqni doim yuragingda his qilgansan, bu bo‘shliq seni va hayotingni beqadr va xor qilgan, sen his qilayotgan tuyg‘ular esa sening hayotinga ma’no beradi. Endi menga aytchi, sen nima uchun bo‘shliqni his qilayapsan?

    — Chunki men butun umrim davomida o‘yladimki, men kimniki sevsam, kim uchun yashagan bo‘lsam, ular mening qadrimga yetishadi, menga dalda bo‘lishadi. Oqibatda esa mening ulardan hafsalam pir bo‘ldi. Men butun umrimni, yoshligimni erimga, bolalarimga, ota-onamga, do‘stlarimga bag‘ishladim, ular esa buni qadrlashmadi va ko‘rnamaklik qilishdi!

    — Xudo bandalariga o‘zilarida hayotni topishlari va bu hayotda o‘zilarini topishlariga yordam berish maqsadida bitta narsani uqtirgan…

    — Qanday narsa? – so‘radi ayol.

— Bu dunyo, sendan boshlanadi…!

— Bu nima degani?

    — Bu degani, hayotingda nimaiki ro‘y bermasin barchasi uchun faqat sen javobgarsan, va faqat sen aybdorsan! G‘am-qayg‘uda yashaysanmi yoki baxtli va baxtiyor bo‘lsanmi, buni sen tanlaysan! Endi menga aytchi kim senga shuncha ozor etkazdi?

    — Bundan chiqadiki men o‘zimga o‘zim… — ayol titragan ovozda javob qildi.

— Demak sen kimni kechira olmayapsan?

— O‘zimni? – ayol yig‘lamsiragan ovozda javob qildi.

    — O‘zingni kechirishing — demak bu o‘z xatoingni tan olishingni anglatadi! O‘zingni kechirishing — demak bu o‘zingning gumrohligingni, g‘ofilligingni, g‘o‘rligingni qabul qilishingni bildiradi. Sen o‘zinga o‘zing ozor berding va bunga butun dunyoni aybdor va u sening avf etishinga arzimaydi deb hisoblading… Buning ustiga Xudo seni quchoq ochib qabul qilishini hohlayapsan?! Seningcha Xudo, kaltafahm va alamzada jafokashlar uchun jannat eshiklarini ochib qo‘yadigan, shalviragan axmoq qariyaga o‘xshaydimi?! Sening o‘ylashingcha u shunday mukammal xilqatini senga o‘xshaganlar uchun yaratganmi? Sen qachonki bu dunyoda o‘z jannatingni yaratasan va u joyda birinchi navbatda sen o‘zing, so‘ngra esa boshqalar baxtiyor bo‘ladi, ana undan so‘nggina jannat eshiklarini qoqasan, hozir esa men Yaratguvchidan, seni mehr-muhabbat va g‘amxo‘rlikka to‘la o‘z dunyoingni yaratishing uchun yana hayotga qaytarish haqida buyruq olganman. Kimki boshqalarga g‘amxo’rlik qilsayu, o‘zini unutib qo‘ysa katta gunoh va gumrohlikda yashayapti.

    — Men tushundim… O‘z erimni meni ardoqlovchi va sadoqatli qila olmadim. Men o‘z bolalarimni baxtli va g‘olib bo‘lishga o‘rgata olmadim. Men tinchlik va totuvlik hukm surgan oila barpo qila olmadim… Mening dunyomda hamma aziyat chekdi…

    — Nima uchun? – so‘radi farishta.

    — Men, hamma menga achinishlarini, hamdard bo‘lishlarini istadim… Biroq hech kim menga rahm-shafqat qilmadi… Men o‘ylabmanki, faqat Xudo menga achinadi va o‘z bag‘riga oladi!

    — Unutma, bu hayotda o‘zlariga achinish, hamdardlik istovchi odamlar eng xavfli kimsalardir… Ularni “qurbonlar” deb atashadi… Sizning eng katta nodonligingiz shundaki, kimningdir qurbonligi Xudoga kerak deb o‘ylaysiz! Butun umri davomida dard va azobdan boshqa narsani bilmagan kimsani, Xudo o‘z dargohiga qo‘ymaydi, negaki bu qurbon uning dunyosida ham dard va alam urug‘ini sochadi…! Orqanga qayt va avvalo o‘zingni, so‘ngra esa sening olamingda istiqomat qiluvchilarni sevishni va ularga g‘amxo‘rlik qilishni o‘rgan. Boshlanishiga esa nodonliging uchun o‘zingdan kechirim so‘ra va bunday bo‘lganligi uchun o‘zingni avf et!

    Muallif: ©usm.uz  

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *