Atom elektr stansiyasi va uning ishlash tamoyili (The essence and principle of operation of a nuclear power plant)

KjQW4cr5FKI    Bugungi kunda mamlakatimizda elektr energiyasiga bo‘lgan talab 69 milliard kilovatt-soatni tashkil etadi. Bu quvvatning qariyb 85 foizi gaz va ko‘mir yoqish orqali, qolgan 15 foizi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Buning uchun yiliga 16,5 milliard kub metr tabiiy gaz, 86 ming tonna mazut va 2,3 million tonna ko‘mir sarflanadi.

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, iqtisodiyot o‘sishi, aholi soni va turmush darajasi oshishi evaziga 2030 yilda elektr energiyasiga bo‘lgan talab 117 milliard kilovatt-soatga yetadi. Buning uchun yangi quvvatlar tashkil etish kerak bo‘ladi.

    Shu bois mamlakatimizda tinch maqsadlarda foydalanish uchun ekologik toza va uzoq muddat tugamaydigan atom energetikasini barpo etishga kirishildi. Mazkur kompleks 2 energoblokdan iborat, har birining quvvati 1 ming 200 megavatt bo‘ladi. Uni 2028 yilgacha to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan.

    Xo’sh, atom elektr stansiyasi qanday qurilma va uning ishlash tamoyili qanday? Keling men sizga uning ishash tamoyilini sodda ilmiy atamalar va muhandislik iboralari orqali  bayon qilishga harakat qilib ko’raman.

    Atom elektr stansiyasi (AES) – bu atomning ichki energiyasidan foydalanib elektr energiyasi ishlab chiqarash amalga oshiriladigan elektrostansiya.

 Tex sxema    Har qanday atom elektr stansiyasining yuragi, yadro reaktori hisoblanadi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, aynan yadro reaktorida amalga oshadi.

    Sodda qilib aytadigan bo’lsam, ydro reaktori bu ma`lum bir issiqlik tashuvchini isitadigan pechka yoki doshqozon. Odatiy pechkadan yagona farqi, yadro reaktorida yoqilg’i sifatida maxsus yadro yoqilg’isidan, ya`ni urandan foydalahiladi.

 Reaktor    Reaktorga yuklangan uran doimiy ravishda katta miqdorda issiqlik ajratadi. Bu issiqlik, uni tashuvchiga uzatiladi (masalan, suvga). Yadro yoqilg’isi maxsus konteynerlarda – yadro to’plagichlarida yoki issiqlik chiqaruvchi deb ataluvchi elementlarda (TCHEL) saqlanadi:

 tvel

1 — tiqin;

2 — uran dioksidi tabletkalari;

3 — korpus (qobiq);

4 — siquvchi prujina;

5 — vtulka;

6 — poynak (uchlik).

    Shunday qilib, TCHEL o’zini o’rab turgan issiqlik tashuvchisiga (eltuvchiga) o’zining issiqligini uzatadi. Issiqlik tashuvchisi, issiqlikni qabul qilish barobarida ma`lum miqdordagi radiatsiyani ham oladi. So’ngra esa issiqlik tashuvchisi, maxsus issiqlik almashinuvchilar orqali katta quvvatdagi (miqdordagi) issiqlikni oddiy suvga uzatadi. Suv issiqlikni qabul qilish oqibatida qaynaydi va bug’ hosil bo’ladi.

  So’ngra bug’, o’tkazgichlar orqali bug’ turbinasiga o’tadi va turbinani aylantiradi. Turbinaga biriktirilgan elektr generatori aylanish jarayonida elektr tokini ishlab chiqaradi.

    Quyidagi animasiyali texnologik sxema yordamida atom elektr stansiyasining ishlash tamoyilini yanada yaqqoliroq tasvirlashga harakat qildim.

 WaterReactor_2

    Yakuniy xulosa o’rnida shuni ta`kidlashim lozimki, atom energiyasi ekologik toza va bunday stansiyalar zararli is gazini hosil qilmaydi. Natijada mamlakatimizda tabiiy gazni yoqishdan hosil bo‘ladigan va atrof-muhitga tarqaladigan is gazi hajmi yiliga 3 million tonnaga kamayadi. Atom elektr stansiyasi barpo etilishi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Bu manba qayta ishlanib, yuqori qo‘shilgan qiymatli neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqariladi.

     Aziz do’stim, atom elektr stansiyasi haqidagi ushbu ma`lumotlar sizning u haqdagi bilimlaringizni ozgina boyitgan bo’lsa, men bunadan g’oyat baxtiyorman.

    Muallif: ©usm.uz